O'zbekcha Русский English

Stocks or Bonds: Which Should You Choose? A Guide for Uzbekistan

2026-08-28 · XISOB Terminal

Asosiy farq: egalik yoki qarz

Aksiya — kompaniyaning kichik ulushi. Siz egasiz; kompaniya foyda qilsa, dividend olasiz, narx o'ssa — daromad. Lekin kompaniya zarar ko'rsa, aksiya narxi tushadi.

Obligatsiya — kompaniyaga berilgan qarz. Siz qarz beruvchisiz; kompaniya sizga belgilangan foiz (kupon) to'laydi va muddatda qarzni qaytaradi. Risk pastroq, lekin daromad ham cheklangan.

Risk va daromad

Ko'rsatkichAksiyaObligatsiya
Daromad salohiyatiYuqori (cheksiz)Cheklangan (kupon)
RiskYuqoriPastroq
Daromad manbaiDividend + narx o'sishiKupon + nominal qaytishi
KafolatYo'qShartnomaviy (muddat)
MuddatCheksizBelgilangan

O'zbekistonda qanday?

UZSE da ham aksiyalar, ham korporativ obligatsiyalar savdo qilinadi. Obligatsiyalar odatda barqaror kupon daromadi beradi, aksiyalar esa — o'sish imkoniyati. 2026 yilda bozor aksiyalarda kuchli o'sish ko'rsatdi, lekin bu har doim ham davom etmaydi.

Qaysi birini tanlash kerak?

Aksiya, agar:

  • Uzoq muddatga investitsiya qilmoqchi bo'lsangiz (3+ yil)
  • Yuqori daromad kutyotgan bo'lsangiz va riskga tayyor bo'lsangiz
  • Kompaniyaning o'sishiga ishonsangiz

Obligatsiya, agar:

  • Barqaror daromad kerak bo'lsa
  • Qisqa muddat (1-3 yil)
  • Riskni minimallashtirmoqchi bo'lsangiz

Balanslangan yondashuv

Ko'p investorlar ikkalasini aralashtiradi: asosiy qism obligatsiyalarda (barqarorlik), kichik qism aksiyalarda (o'sish). XISOB Terminal da ikkala instrumentni ham kuzatishingiz mumkin — lentada aksiyalar va obligatsiyalar alohida filtrlangan.


Shuningdek o'qing